English English English

Intellektual bellashuv: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida shaxmat va shashka musobaqasi

  25.07.2025 08:36:43    31


Namangan davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.


Intellektual bellashuv: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida shaxmat va shashka musobaqasi


Ushbu intellektual bellashuv institut yoshlari o‘rtasida aqliy salohiyatni yuksaltirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada institutning turli fakultetlaridan iqtidorli va qiziqishga ega talabalar ishtirok etdi. Ular o‘zining teran fikrlashi, tezkor strategiyasi va mantiqiy tahliliga asoslangan o‘yini bilan ajralib turdi. Bellashuvlar do‘stona muhitda, ammo hayajonli va murosasiz tarzda o‘tdi.

Shaxmat va shashka bahslarida ishtirokchilar individual ravishda kurash olib bordilar. G‘oliblar hakamlar hay’ati tomonidan aniqlandi.

Bunday musobaqalar talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi.

Intellektual o‘yinlar orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodning tafakkuri, sabr-toqati va strategik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish – institutimizning ustuvor yo‘nalishlaridandir.


Intellektual bellashuv: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida shaxmat va shashka musobaqasi Intellektual bellashuv: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida shaxmat va shashka musobaqasi Intellektual bellashuv: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida shaxmat va shashka musobaqasi Intellektual bellashuv: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida shaxmat va shashka musobaqasi Intellektual bellashuv: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida shaxmat va shashka musobaqasi Intellektual bellashuv: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida shaxmat va shashka musobaqasi Intellektual bellashuv: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida shaxmat va shashka musobaqasi Intellektual bellashuv: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida shaxmat va shashka musobaqasi