Rektor va yoshlar uchrashuvi
23.09.2025 08:42:43 30
Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar va institut rektori uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur samimiy muloqotda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, tashabbus va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Rektor yoshlarning har bir taklifini diqqat bilan tinglab, ularning o‘qish, ijod, sport va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir fikrlarini qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuv davomida talabalarga yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish borasidagi reja va istiqbollar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Yoshlarning kelajakka ishonchi, bilimga chanqoqligi va yuksak intilishi esa barchada iliq taassurot qoldirdi.
Uchrashuv jarayonida 13 nafar talaba tomonidan 17 ta taklif ilgari surildi. Ulardan 8 tasi joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa mas’ullar tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi, ularning ovozi eshitilishi va orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.