O‘SH DAVLAT UNIVERSITETI ISTE’DODLARI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SAHNASIDA!
03.06.2026 15:20:58 24
Namangan davlat pedagogika institutida O‘sh davlat universiteti vakillari tomonidan “Ta’lim va madaniyat ko‘prigi: O‘zbek–qirg‘iz hamkorligi” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida yuksak saviyada konsert dasturi namoyish etildi.
Mazkur madaniy tadbir ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Konsert dasturi davomida O‘SHMUning professor-o‘qituvchilari hamda iste’dodli talabalari tomonidan milliy va estrada yo‘nalishlaridagi kuy-qo‘shiqlar, musiqiy kompozitsiyalar hamda badiiy chiqishlar ijro etildi.
Tomoshabinlar qirg‘iz xalqining boy madaniy merosi, milliy san’ati va zamonaviy ijod namunalarini o‘zida mujassam etgan chiqishlardan katta zavq oldilar. Har bir sahna ko‘rinishi va musiqiy ijro samimiy qarsaklar bilan kutib olinib, tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Ushbu konsert dasturi nafaqat madaniy almashinuv, balki ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.