Xotira muqaddas, inson aziz!
04.05.2026 08:22:37 8
Namangan davlat pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakultetida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida xotira darslari yuqori saviyada tashkil etildi.
Namangan davlat pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakultetida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida xotira darslari yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev ochib berib, o‘z nutqida Ikkinchi jahon urushida xalqimiz ko‘rsatgan jasorat, matonat va fidoyilik bugungi tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam poydevori ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, yosh avlodni tarixiy xotiraga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalash muhim vazifa ekanini qayd etdi.
Uchrashuvga Namangan viloyati baynalmilal jangchi faxriy va nogironlar birlashmasi birinchi o‘rinbosari G‘ofur Abdullajanovich Adashev hamda birlashma a’zolari Abdug‘affor Karimovich Qahhorov va Tojiddin Sadriddinovich Kamolov mehmon sifatida taklif etildi. Faxriy mehmonlar o‘z hayotiy tajribalari, xizmat faoliyatlari davomida orttirgan saboqlari hamda Vatan himoyasi yo‘lida ko‘rgan-kechirganlari haqida samimiy suhbatlar o‘tkazib, talabalarga ibratli fikrlar bildirdilar.
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan mavzuga oid badiiy chiqishlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar xotira va qadrlash g‘oyalarini yanada teranroq ifodalab, yig‘ilganlarda chuqur taassurot qoldirdi.