English English English

Sovg'alarning a'losi kitob

  01.05.2026 13:39:20    14


Namangan davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyidagi Axborot-resurs markazida Ijtimoiy fanlar fakulteti Filologiya kafedrasi katta o‘qituvchilari D.Pardaboyeva, L.Nexochina,S.Dadaxanova hamda Rus tili yo‘nalishi talabalari tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Axborot-resurs markazi fondini yanada boyitish maqsadida “Men ham kitob hadya qilaman” chellenji tashkil etildi.


Sovg'alarning a'losi kitob


Tadbir davomida talabalar tomonidan taqdim etilgan turli mazmundagi kitoblar TTJdagi Axborot-resurs markaziga tuhfa qilindi. Mazkur tashabbus yoshlar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


Sovg'alarning a'losi kitob