“Dramatik asarlarni o’rganishda individual yo’naltirilgan strategiya” mavzusida ochiq ma’ruza o’tkazildi.
27.12.2025 09:14:13 4
Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi dotsenti Elyor Abdulvohidov tomonidan magistratura ta'lim shakli talabalari uchun “Dramatik asarlarni o’rganishda individual yo’naltirilgan strategiya” mavzusida ochiq ma’ruza o’tkazildi.
Dramatik asarlar,asosan,teatr va kino uchin mo’ljallanishi inobatga olinib, mashg’ulot uchun ham aynan teatr sahnasi tanlandi. Magistrantlar asarning yozilishidan tortib sahnaga olib chiqilgunigacha bo’lgan yo’lni amalda kuzatish imkoniyatiga ega bo’ldilar.Drama mazmun-mohiyatidan kelib chiqib sahna bezaklari, aktyorlar uchun liboslar yaralishi, qahramonlarning hissiyotlari va harakatlarini jonli ifodalashda chiroqlar va musiqa yordamida yuzaga keltiriladigan qo’shimcha effektlarga batafsil sharh berildi.
Ochiq ma’ruza davomida magistrantlar drama janri va uning ilmiy-pedagogik ahamiyati haqida yangi ma’lumot va bilimlarga ega boʻladilar.