ILM-MA'RIFATLI YOSHLAR — UCHINCHI RENESSANS ASOSCHILARI
01.07.2025 14:31:16 24
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz yoshlari bilan samimiy muloqoti, ularga kelajak bunyodkorlari sifatida juda katta kuch va rag‘bat taqdim qildi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bugungi kunda yoshlar nafaqat ta’lim, balki innovatsiya, raqamli texnologiyalar, ilm-fan va xalqaro maydondagi tashabbuslari bilan mamlakatning modernizatsiya yo‘lida faol qatnashmoqda.
Bugun oliy ta’lim tizimini jahondagi yetakchi institut va universitetlar bilan integratsiya qilish, ularning yutuqlarini mamlakatimiz oliy ta’lim tashkilotlariga tatbiq qilish, shuningdek, o‘zaro talabalar almashish orqali tizimni transformatsiya qilish zamon talabi hisoblanadi. Ilm esa faqat nazariy emas, balki amaliy yechimlarga olib keladigan kuchdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan ta’kidlanganidek, bugungi kunda jahonning nufuzli TOP-10, TOP-100 va TOP-300 universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbek yoshlari oddiy statistik ko‘rsatkich emas, balki ulkan salohiyatning kelajakdagi real natijaga aylanishi, ya’ni intellektual investitsiya sifatida qaralmoqda. Bu esa yaqin yillarda fan, texnologiya, boshqaruv va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda sifatli o‘zgarishlar bo‘lishiga zamin yaratadi.
Davlatimiz rahbari nutqida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning samarasi o‘laroq "Bir million dasturchi" loyihasiga alohida e’tibor qaratdi. 325 ming nafar yosh dasturchi tayyorlangani, ayniqsa Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari tomonidan IT sohasida erkin faoliyat yuritish orqali iqtisodiy mustaqillikka erishilayotgani alohida qayd etildi. Frilans, startaplar va autsors xizmatlari orqali yuzaga kelayotgan daromad manbalari yoshlar uchun nafaqat kasb, balki yangi turmush falsafasini shakllantirmoqda. Til bilimining esa global raqobat muhitidagi o‘rni yuksak baholandi. 150 mingdan ortiq xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lgan yoshlar salohiyati – bu mustaqil o‘qish, jahon bilan muloqotda bo‘lish, o‘zini rivojlantirishga intilish belgisi sifatida e’tirof etildi. Bu natijalar ayniqsa Toshkent, Farg‘ona, Namangan va Samarqand yoshlari orasida yuqori ko‘rsatkichlar bilan kuzatilayotgani ta’kidlandi.
"Yoshlar kuni" bu mamlakatimizdagi millionlab yoshlarning muhim bayrami sifatida nishonlash an’ana tusiga kirdi. Prezidentimizning bugungi nutqi oddiy bayram tabrigi emas, balki yoshlar bilan bog‘liq uzoq muddatli strategik rejalarni o‘zida mujassam etgan dasturnoma bo‘lib xizmat qildi.
Hududlararo tenglik, imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmli va salohiyatli avlodni Vatan ichida saqlab qolish kabi dolzarb vazifalar esa hali oldimizda turgan asosiy muammolardan biridir.

Mazkur bayram mamlakatimiz yoshlari qatori Namangan davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan yetti mingdan ortiq talaba-yoshlar uchun ham katta tantanadir. Ushbu bayram arafasida institut rektorining tegishli buyruqlari bilan 2024-2025 o‘quv yili davomida faoliyati davomida yutuqlarni qo‘lga kiritgan, jamoat ishlarida faol, xalqaro, respublika va institut miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari, sport musobaqalari, festivallar, ijtimoiy aksiyalar, intellektual o‘yinlar, “Besh muhim tashabbus” doirasida o‘tkaziladigan tanlovlar hamda ijodiy ishlar tanlovlari g‘oliblari, shuningdek ota-onasi yoki ulardan biri vafot etgani munosabati bilan yordamga muhtoj bo‘lgan, chin yetim, ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yordamga muhtoj, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatda turuvchi, “Temir daftar”ga kiritilgan oilaning farzandi, alohida hollarda, ya’ni kasalligi, baxtsiz xodisa tufayli sog‘lig‘ini tiklashi uchun yordamga muhtoj bo‘lgan talaba-yoshlarning 1112 nafari moddiy rag‘batlantirildi va ularga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Bu albatta, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar uchun ulkan g‘amho‘rlik va imkoniyatlarning yaqqol namunasi hisoblanadi.

Alisher ISOQBOYEV,
Namangan davlat pedagogika institutining

yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori