Namangan davlat pedagogika institutida “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” bo‘lib o‘tdi
19.05.2025 16:25:25 4
Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” doirasida “Ekologik ta’limdan ekologik innovatsiya sari” shiori ostida ko‘rgazmali bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda institut prorektorlari, professor-o‘qituvchilar hamda hamkor tashkilotlar — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Namangan shahar kengashi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarni ekologik bilimlar asosida maishiy chiqindilardan maqsadli foydalanishga, shuningdek ta’lim jarayonida innovatsion ekotexnologiyalar ishlab chiqishga jalb etishdan iborat bo‘ldi.
Talabalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar hakamlar hay’ati tomonidan turli nominatsiyalarda baholandi va g‘oliblar institutning maxsus sertifikati, kitoblar jamlanmasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.