English English English

Harbiylashtirilgan sport musobaqalari

  29.09.2025 09:52:03    13


2025-yil 29-sentabr kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan Milliy gvardiya Namangan viloyati bo'yicha boshqarmasida viloyat oliy ta'lim muassalarida tashkil etilgan "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari oʻrtasida harbiylashtirilgan sport musobaqalari o'tkazildi.


Harbiylashtirilgan sport musobaqalari


Musobaqa yoshlarning jasoratini sinovdan oʻtkazuvchi 7 ta shart asosida oʻtmoqda:
Kamondan oʻq otish

Zaharlangan hududdan oʻtish

Turnikda tortinish

Suvli toʻsiqdan oʻtish

Oʻq-dorilarni manzilga yetkazish

Kalashnikov avtomatini qismlarga ajratish va yigʻish

Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish

Yakuniy natijalarga koʻra:
1-oʻrin – Namangan davlat pedagogika instituti
2-oʻrin – Namangan davlat texnika universiteti
3-oʻrin – Turan xalqaro universiteti

Gʻolib jamoalar qimmatbaho esdalik sovgʻalari va faxriy diplomlar bilan taqdirlandilar.

Mazkur musobaqa yoshlarning jasorati, kuch-quvvati, vatanparvarligi va hamjihatligini yanada mustahkamlab, ularning irodasini chiniqtirishga xizmat qildi. "Qalqon" guruhi a'zolari oʻz bilim va mahoratlari bilan barchaga ibrat boʻlishdi.

Gʻoliblarni chin qalbimizdan institut jamoasi nomidan tabriklaymiz!


Harbiylashtirilgan sport musobaqalari Harbiylashtirilgan sport musobaqalari Harbiylashtirilgan sport musobaqalari Harbiylashtirilgan sport musobaqalari Harbiylashtirilgan sport musobaqalari Harbiylashtirilgan sport musobaqalari Harbiylashtirilgan sport musobaqalari Harbiylashtirilgan sport musobaqalari Harbiylashtirilgan sport musobaqalari