English English English

Kutubxonaga kitob

  05.03.2026 11:40:21    11


Prezidentimiz tomonidan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorning qabul qilinishi Yangi O‘zbekiston sharoitida ma’rifat, bilim va tafakkurga asoslangan jamiyatni barpo etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


Kutubxonaga kitob


Namangan davlat pedagogika instituti ham talaba-yoshlarning bilim va malakalarini rivojlantirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda kitobga bo'lgan qiziqish va muhabbatini yanada oshirish maqsadida Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi D. Abdullayev hamda Pedagogika yoʻnalishi 3-bosqich PED-AU-23 guruh talabalari tomonidan 30 dan ortiq turdagi ilmiy, badiiy hamda boshqa fan sohalariga oid kitoblarni Axborot-resurs markaziga tuhfa qildilar.


Kutubxonaga kitob Kutubxonaga kitob