“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 30-martga qadar uzaytirildi!
30.03.2026 15:05:21 19
Ishtirokchilardan kelib tushgan ko‘plab murojaatlar va talablarni inobatga olgan holda, shuningdek, yanada ko‘proq yoshlarning o‘z iqtidorini namoyon etishiga imkon yaratish maqsadida tanlovga hujjat topshirish muddati uzaytirildi.
Endi sizda o‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni taqdim etish uchun yana qo‘shimcha vaqt bor!
Eslatib o‘tamiz tanlov 3 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi:
✅ Eng yaxshi g‘oya
✅ Eng yaxshi loyiha
✅ Eng yaxshi ixtiro
Bundan tashqari siz ushbu tanlovga avvalroq to‘ldirgan arizangizni tahrirlash, ma‘lumotlarni qayta yuklash va nizom bo‘yicha talab etiladigan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish imkoniga egasiz!
🏆 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!
Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!
👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: muhandis.edu.uz
Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!