"Namangan haqiqati" gazetasining 4-sentabr 71-72 sonida Namangan davlat pedagogika instituti
07.09.2025 08:41:56 17
"Namangan haqiqati" gazetasining 4-sentabr 71-72 sonida Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi Gulnoza Rafiqovaning Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Abadiy qadriyat” nomli maqolasi eʼlon qilindi.

Mazkur maqola milliy gʻoya, istiqlol qadri, vatanparvarlik, maʼnaviy uyg‘onish va taʼlim orqali yurt ravnaqiga hissa qo‘shish gʻoyalarini targ‘ib etish bilan ahamiyatlidir.
Namangan davlat pedagogika institutida mustaqillik ruhini ulug‘lash, yosh avlodni maʼrifat va ezgulik ruhida tarbiyalash borasida samarali ishlar davom etmoqda.