NamDPIda "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida bayram festivali bo‘lib o‘tdi
02.07.2025 14:35:34 17
Namangan davlat pedagogika instituti tashabbusida – Yoshlar kuni munosabati bilan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘ida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida ko‘tarinki ruhda bayram festivali tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Bazarov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Appakov, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Namangan viloyati Kengashi rahbari B.Umarov, shuningdek, institut rektori B.Xusanov boshchiligidagi prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar Yangi Oʻzbekistonni bunyod etishda yetakchi kuch — yoshlar ekanini taʼkidlab, ularni bayram bilan tabriklashdi.