English English English

Iqtidorli talabalarimiz natija ko'rsatishda davom etmoqda

  07.03.2026 09:57:33    560


Avval xabar berganimizdek "Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tanlovning Farg'ona viloyati Dang‘ara, Quva, Toshloq va Furqat tumanlarida saralash bosqichi o‘tkazildi.


Iqtidorli talabalarimiz natija ko'rsatishda davom etmoqda


🏆Ushbu bosqichda ham eng yuqori ko'rsatkich bilan quyidagi talabalarimiz g'oliblikni qo‘lga kiritib 6 mln. 180 ming so'm pul mukofotiga ham ega bo'ldilar.

🎖Turg'unaliyeva Mahmudaxon - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Fizika va astranomiya yo'nalishi 3-bosqich talabasi;
🎖Madaminov Asadbek - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo'nalishi 3-bosqich talabasi;
🎖Muhammadjonova Diyora - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo'nalishi 3-bosqich talabasi.

👍E'tiborlisi shundaki, tanlovning Yangiqo'rg'on, Chortoq, Norin tumani bosqichlarida ham 5 nafar talabamiz g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Umumiy hisobda keyingi bosqichga chiqqan talabalarimiz soni 8 nafarni tashkil etib, jami 16 million 480 ming so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.


Iqtidorli talabalarimiz natija ko'rsatishda davom etmoqda