English English English

Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi

  17.09.2025 20:28:36    26


Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Karimova E’zozaxon Gapirjanovna Namangan davlat pedagogika institutiga rasmiy tashrif buyurdi.


Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi


Institut rektori B.Xusanov hamrohligida vazir institutning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion loyihalar, o‘quv dasturlari va amaliyotga yo‘naltirilgan tashabbuslar bilan tanishib, ularni yuksak baholadi.

Shuningdek, u talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, Prezidentimiz yoshlarga yaratib berayotgan keng imkoniyat va rag‘batlar haqida so‘z yuritdi.

So‘zining davomida kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda muddatidan avval “Abdulla Avloniy” stipendiyasi sohibiga aylangan NamDPI talabasi Begoyim Varisovani samimiy tabrikladi.

Yakunda institut rahbariyati tashrif uchun minnatdorlik bildirib, bunday uchrashuvlar taʼlim sifati va talabalarning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi.


Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi Ilm, g‘oya va imkoniyatlar chorrahasi: NamDPIda vazir tashrifi