Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan "Munozara" intellektual oʻyini tashkil etildi
01.06.2025 09:05:45 11
Namangan davlat pedagogika institutida boʻlib oʻtgan intellektual musobaqada viloyatda mavjud oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻz jamoalari bilan faol ishtirok etdi. (https://t.me/Namanganyoshlari_yi/20214?single)

Murosasiz kechgan bahsning final bosqichida Namangan davlat pedagogika instituti va Namangan davlat texnika universiteti jamoalari oʻzaro bellashdi.
Tanlov quyidagicha natija bilan yakunlandi:
1-oʻrin Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi;
2-oʻrin Namangan davlat texnika universiteti jamoasi;
3-oʻrin Namangan davlat universiteti jamoasi.
Gʻolib talabalarni muborakbod etamiz!