Prezident Shavkat Mirziyoyev NamDPI talabasi Begoyim Varisovani “Abdulla Avloniy” stipendiyasi bilan taqdirladi
18.09.2025 08:51:35 4

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Namangan davlat pedagogika instituti talabasi Begoyim Varisova ham faol ishtirok etib, davlat rahbariga o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi.
Begoyim, avvalo, pedagogika oliygohlari talabalari uchun “Abdulla Avloniy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etilgani uchun minnatdorlik bildirib, bu tashabbus yoshlarga katta ilhom baxsh etayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u Namanganda har yili “Kitobxonlar forumi”ni tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Mazkur forum yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, kitob mutolaasi madaniyatini keng yoyishga xizmat qilishini alohida qayd etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Begoyim Varisovaning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, unga muddatidan avval “Abdulla Avloniy” nomidagi davlat stipendiyasi berilishini ma’lum qildi.
Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan Begoyim Varisovani ushbu stipendiyaga munosib koʻrilgani bilan tabriklaymiz.
NamDPI talabasi Begoyim Varisova
“Abdulla Avloniy” stipendiyasining ilk sohibasi