Sizning tajribangiz ta’lim sifati uchun muhim!
08.01.2026 12:37:48 32
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi akkreditatsiya jarayonlarida tashqi baholashni amalga oshiruvchi ekspertlar uchun tanlov e'lon qiladi.
Agar siz ta’lim sifatini oshirish, shaffof va xolis baholash orqali ta’lim muassasalarining rivojiga hissa qo‘shishni istasangiz, sizni ekspertlikka taklif qilamiz.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish (https://nqaae.uz/uz/expert-apply)
💥 Eng quvonarlisi, ekspertlar asosiy ish joyidan ajralmagan holda faoliyat yuritadi va ularga belgilangan tartibda qo‘shimcha haq to‘lanadi.
☑️Nomzodlardan oliy ma’lumot, ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi, normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilish hamda tahliliy va xolis baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab qilinadi.