English English English

Maktab va oliy ta’lim hamkorligi – sifatli ta’lim sari muhim qadam

  01.03.2026 21:19:31    24


Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Pop tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 63-, 71- va 78-sonli umumta’lim maktablarida ilmiy-metodik davra suhbati tashkil etildi.


Maktab va oliy ta’lim hamkorligi – sifatli ta’lim sari muhim qadam


Tashrif kafedra mudiri Z. Dadabayev boshchiligida professor-o‘qituvchilar Y. Kasimova, M. Saydaliyeva, D. Akbarova hamda magistrant O. Inomjonov ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish hamda maktab va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Davra suhbati davomida:
— dars jarayonida uchrayotgan metodik muammolar va ularning amaliy yechimlari;
— innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash;
— o‘quvchilarning til o‘rganishga qiziqishini oshirish usullari muhokama qilindi.

Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga institutdagi ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan imkoniyatlar, grant va xalqaro dasturlar haqida ma’lumot berilib, to‘g‘ri kasb tanlash hamda aniq maqsad qo‘yish yuzasidan tavsiyalar berildi. Yoshlarni ilmiy izlanish va chet tillarini mukammal o‘rganishga rag‘batlantirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida maktab va institut o‘rtasida ilmiy-metodik hamkorlikni izchil davom ettirish, seminar-treninglar, ochiq darslar va mahorat mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur tashrif ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda o‘quv-tarbiya jarayonini ilmiy yondashuvlar asosida yanada takomillashtirishga xizmat qiluvchi muhim amaliy qadam bo‘ldi.


Maktab va oliy ta’lim hamkorligi – sifatli ta’lim sari muhim qadam Maktab va oliy ta’lim hamkorligi – sifatli ta’lim sari muhim qadam Maktab va oliy ta’lim hamkorligi – sifatli ta’lim sari muhim qadam Maktab va oliy ta’lim hamkorligi – sifatli ta’lim sari muhim qadam Maktab va oliy ta’lim hamkorligi – sifatli ta’lim sari muhim qadam Maktab va oliy ta’lim hamkorligi – sifatli ta’lim sari muhim qadam