English English English

Akademik Said Shermuhammedov tavalludining 95 yilligi Namangan davlat pedagogika institutida keng nishonlandi

  28.05.2025 09:55:09    8


Namangan davlat pedagogika institutida yurtimiz ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori, falsafa fanlari doktori, professor Said Shermuhammadevich Shermuhammedov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.


Akademik Said Shermuhammedov tavalludining 95 yilligi Namangan davlat pedagogika institutida keng nishonlandi


Tadbirda Falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining ma’naviyat targ‘ibotchisi Shermuhamedova Jamila Tashpulatovna boshchiligida akademikning shogirdlari, yaqin hamkasblari hamda mamlakatimizdagi turli oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir mehmonlarini institut rektori professor B.Xusanov boshchiligida institut jamoasi, professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talaba-yoshlar san’at ko‘rgazmalari va musiqiy chiqishlar ostida, ko‘tarinki kayfiyatda kutib oldilar.

Mazkur tadbir professor Said Shermuhammedovning boy ilmiy merosini e’zozlash, u kishining falsafiy qarashlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari orqali yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, ilmga muhabbat ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ma’lumot o‘rnida: Said Shermuhammedov – o‘zbek falsafa fani rivojiga asos solgan yetuk olimlardan biri bo‘lib, bir qator muhim ilmiy asarlar, monografiyalar va darsliklar muallifi hisoblanadi. U kishining falsafiy merosi hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.


Akademik Said Shermuhammedov tavalludining 95 yilligi Namangan davlat pedagogika institutida keng nishonlandi Akademik Said Shermuhammedov tavalludining 95 yilligi Namangan davlat pedagogika institutida keng nishonlandi Akademik Said Shermuhammedov tavalludining 95 yilligi Namangan davlat pedagogika institutida keng nishonlandi Akademik Said Shermuhammedov tavalludining 95 yilligi Namangan davlat pedagogika institutida keng nishonlandi Akademik Said Shermuhammedov tavalludining 95 yilligi Namangan davlat pedagogika institutida keng nishonlandi Akademik Said Shermuhammedov tavalludining 95 yilligi Namangan davlat pedagogika institutida keng nishonlandi Akademik Said Shermuhammedov tavalludining 95 yilligi Namangan davlat pedagogika institutida keng nishonlandi Akademik Said Shermuhammedov tavalludining 95 yilligi Namangan davlat pedagogika institutida keng nishonlandi Akademik Said Shermuhammedov tavalludining 95 yilligi Namangan davlat pedagogika institutida keng nishonlandi