TALABALARNI QISHKI TA’TILGA KUZATISH VA TA’TIL DAVRIDAGI DOLZARB VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
23.12.2025 08:43:02 8
Namangan davlat pedagogika instituti rektori B. Xusanov raisligida prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, dekanlar, kafedra mudirlari hamda tyutorlar ishtirokida talabalarni qishki ta’tilga kuzatish va ta’til davrida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda qishki ta’tilni mazmunli va xavfsiz tashkil etish, talabalar bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, ichki turizmni rivojlantirish, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlar, tanlov va loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’til davrida talabalar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, TTJ hamda o‘quv binolarida xavfsizlik, energiya tejamkorligi va sanitariya holatini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Mas’ullarga talabalar holatini doimiy nazoratda saqlash, yangi yil arafasida uyiga bora olmaydigan talabalar bilan manzilli ishlash hamda baholash jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar yuklatildi.