Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash yig'ilishi. "Iqtisodiy o'qish"
29.04.2025 10:38:59 3
Ayni damda Namangan davlat pedagogika institutida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 5-mart kuni bo'lib o'tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash yig'ilishida belgilab berilgan yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar xususida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun Zoom platformasi orqali iqtisodiy o'qish boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu seminarda tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalar va oliy ta'lim muassasalari bilan birgalikda, Namangan davlat pedagogika instituti rahbariyati hamda xodimlari ham ishtirok etishmoqda.