Pedagogik nutq madaniyati – kasbiy muvaffaqiyat kaliti!
29.06.2025 09:16:34 19
Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” tashabbusi doirasida iqtidorli talabalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator to‘garaklar yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, “O‘qituvchi nutqi madaniyati” mavzusidagi to‘garak bo‘lib, u pedagogik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mazkur to‘garak doirasida talabalar o‘qituvchining kasbiy kompetensiyalaridan biri bo‘lgan nutqiy madaniyat – talaffuz, diktsiya, intonatsiya, mimika, og‘zaki va yozma muloqot, emotsional ta’sirchanlik kabi jihatlar bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ta’sirchan ta’limiy nutq yaratish, fikrni aniq va lo‘nda yetkazish, shuningdek, muloqotda ijobiy munosabat bildirish strategiyalari o‘rgatildi.
Interaktiv usullar, rolda chiqishlar, nutqiy mashqlar, debatlar va ijodiy topshiriqlar orqali talabalar nutqiy faoliyatda ishonchli bo‘lish, auditoriyani jalb etish, darsda muloqotni samarali boshqarish va pedagogik etikani saqlash ko‘nikmalarini mustahkamladi.
Ushbu to‘garak faoliyati institutda innovatsion ta’lim amaliyotini rivojlantirish, talabalarni o‘z fikrini erkin, aniq va madaniyatli ifoda etishga o‘rgatish, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qildi.