English English English

YOSHLAR SALOHIYATINI RO’YOBGA CHIQARUVCHI TASHABBUSLAR

  19.09.2025 08:07:09    43



YOSHLAR SALOHIYATINI RO’YOBGA CHIQARUVCHI TASHABBUSLAR


Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevtomonidan  ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamliislohotlar O’zbekistonning barqaror rivojlanishi va milliytaraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi sifatida qaralmoqda.
So’nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan qabulqilinayotgan qarorlar o’qituvchilar uchun chinakam rag’bat vakuchli motivatsiya bo’lib xizmat qilmoqda. Davlatimizrahbarining ta’lim tizimiga qaratgan e’tibori, pedagoglarningjamiyatdagi o’rni va ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar bujarayonning asosiy garovidir.
Davlatimiz rahbari Namanganga tashriflari davomida hamta’lim va yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. “Harsafar bu viloyatga kelganimda, odamlardagi ko’tarinkikayfiyatni, kattayu kichik doimo harakatda, izlanishda yurganiniko’rib quvonaman” dedilar va so’nggi yillarda Namangandasalmoqli ishlar amalga oshirilgani ta’kidladilar.
Darhaqiqat, aytilayotgan ma’lumotlarga ko’ra so’nggisakkiz yilda viloyatga 7 milliard dollar xorijiy investitsiya kirdi, 8 mingga yaqin yangi korxona ishga tushdi. Eksportqilinayotgan mahsulotlar turi 2 karra ko’payib, 1 mingdan oshdi. Aholining real o’rtacha daromadi 3 barobar oshdi. Mehnatgalayoqatli aholining 82 foizi aynan kichik biznes va tadbirkorlikorqali daromad topmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishdayoshlar va ta’lim sohasini rivojlantirish masalalari hammuhokama qilinib, muhim vazifalar belgilandi. Jumladan:  2025-yilda 5 ming, 2026-yilda esa 15 ming o’rinli maktabgachata’lim muassasalari tashkil etiladi. Viloyatdagi 49 ta texnikumfaoliyatiga xalqaro standartlar joriy etilib, ularning barchasidadual ta’lim tizimi yo’lga qo’yiladi. Turizm sohasidagi yirikloyihalar uchun kadrlar tayyorlash maqsadida kelgusi o’quvyilidan Namangan davlat universitetida Avstriyaning Kremsuniversiteti bilan qo’shma fakultet tashkil etiladi.
Davlat rahbari ushbu tashabbuslar Namangan viloyatidayoshlar salohiyatini ro’yobga chiqarishda muhim omil bo’lishinita’kidladi.
Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi ushbuislohotlarda faol ishtirok etib, yuqori malakali va fidoyi kadrlartayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda. Institutda joriyetilayotgan innovatsion metodlar, zamonaviy o’quv dasturlari vailmiy-tadqiqot ishlari pedagogik kadrlarning sifatini oshirishgaxizmat qilmoqda.
Qilinayotgan ishlar, ya’ni pedagog kasbining nufuzinioshirish, ularning bilim va tajribasini e’tirof etishmamlakatimizni kelajakda taraqqiyotning yangi bosqichiga olibchiqishi shubhasizdir.

Mahbubaxon Sobirova,
Namangan davlat pedagogika instituti professori