Institut Faxriy professori Safo Matjon bilan uchrashuv
30.04.2025 09:18:22 1
Namangan davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston pedagogi: imkoniyat, xalqaro tajriba” shiori ostida yoshlarni va maktab bitiruvchilarini pedagog kasbiga yo‘naltirishga qaratilgan ilmiy, ma’rifiy va madaniy loyiha – "Ochiq eshiklar" kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori Safo Matchon bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Kosonsoy va To‘raqo‘rg‘on tumanidagi maktab bitiruvchi o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishdi.
Bu uchrashuv haqiqiy ma’noda ilm-fan va taʼlim mushtarakligida talabalar uchun esda qolarli va foydali boʻldi.
Uchrashuv so‘nggida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.