English English English

Global innovatsiyalar sari: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiya ta’lim tizimida malaka oshirmoqda

  10.08.2025 08:54:44    30


Avval xabar berganimizdek (https://t.me/namspii/35473?single), World QS xalqaro reytingida Top-1000 talikka kiruvchi Chexiya Respublikasining nufuzli Tabiiy fanlar universitetida to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish kurslarida Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishmoqda.


Global innovatsiyalar sari: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiya ta’lim tizimida malaka oshirmoqda


Ushbu xalqaro o‘quv dasturi doirasida ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda.

Mashg‘ulotlarni Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy bazalarida yuqori reytingga ega bo‘lgan tajribali professor-o‘qituvchilar olib bormoqda.

Dars jarayonlarida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

ta’lim tizimida global innovatsiyalarni qo‘llashning samarali mexanizmlari;

kelajak kasblariga tayyorlash bo‘yicha strategik yondashuvlar;

raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish;

talabalarda kreativ fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;

xalqaro baholash tizimlari va sifat nazorati standartlarini joriy etish.

Mazkur malaka oshirish kurslari NamDPI professor-o‘qituvchilari uchun nafaqat zamonaviy pedagogik vositalar bilan tanishish, balki Chexiya ta’lim tizimining ilg‘or metodlari va yondashuvlarini o‘z tajribalariga tatbiq etish imkoniyatini yaratadi. Bu esa institutning ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda talabalarga global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishlari uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni berish maqsadlariga xizmat qiladi.


Global innovatsiyalar sari: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiya ta’lim tizimida malaka oshirmoqda Global innovatsiyalar sari: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiya ta’lim tizimida malaka oshirmoqda Global innovatsiyalar sari: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiya ta’lim tizimida malaka oshirmoqda Global innovatsiyalar sari: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiya ta’lim tizimida malaka oshirmoqda Global innovatsiyalar sari: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiya ta’lim tizimida malaka oshirmoqda Global innovatsiyalar sari: NamDPI professor-o‘qituvchilari Chexiya ta’lim tizimida malaka oshirmoqda