Mening maktabdagi bir kunim
08.04.2026 23:32:59 5
Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan 40-maktabda “Mening maktabdagi bir kunim” mavzusida mazmunli va qiziqarli tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Namangan davlat pedagogika instituti psixologiya yoʻnalishi 1-bosqich magistrantlari tomonidan tashkil etildi. Tadbirga D. Oribboeva pedagogika fanlari boʻyicha DSc, dosent hamda B. Qayumov PhD rahbarlik qildi.
Tadbirda maktabning 9-sinf oʻquvchilari faol ishtirok etdilar. Dastlab, oʻquvchilar oʻzlarining maktabdagi bir kuni qanday oʻtishi haqida fikrlarini bayon etib, ertalabki darslar, tanaffuslar, doʻstlar bilan muloqot va oʻqituvchilar bilan munosabatlar haqida qiziqarli hikoyalar aytib berdilar. Bu orqali oʻquvchilarning nutq madaniyati, erkin fikrlash qobiliyati va ijodiy yondashuvlari rivojlantirildi.
Tadbir davomida turli psixologik treninglar, interaktiv oʻyinlar va savol-javoblar tashkil etildi. Magistrantlar tomonidan oʻquvchilarga kunni toʻgʻri rejalashtirish, vaqtdan samarali foydalanish va stressni boshqarish boʻyicha amaliy maslahatlar berildi. Bu mashgʻulotlar oʻquvchilarda oʻz-oʻzini anglash va shaxsiy rivojlanishga boʻlgan qiziqishni oshirdi.
Shuningdek, tadbirda jamoaviy ishlash, oʻzaro hurmat va hamkorlik muhitini shakllantirishga alohida e'tibor qaratildi. Oʻquvchilar guruhlarga boʻlinib, turli vazifalarni bajardilar va oʻz fikrlarini himoya qildilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashib, bu kabi mashgʻulotlar ular uchun juda foydali va qiziqarli boʻlganini ta'kidladilar. Ushbu tadbir oʻquvchilarning psixologik bilimlarini oshirish, ijtimoiy faolligini rivojlantirish hamda ta'limga boʻlgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.