English English English

Xalqaro maqola va ilmiy loyihalar bo‘yicha seminar-trening

  26.08.2025 12:09:54    20


Namangan davlat pedagogika institutida xalqaro indeksatsiyalangan jurnallarda maqola chop etish, ilmiy loyihalar va grant dasturlarida ishtirok etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.


Xalqaro maqola va ilmiy loyihalar bo‘yicha seminar-trening


Tadbirni Institut Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Javohir Yuldoshev ochib, ilmiy natijalarni nufuzli bazalarda e’lon qilish va loyihalarda faol ishtirok etishning ahamiyatini ta’kidladi.

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish agentligi Ilmiy-texnik axborot markazi vakili S.Saloydinov Scopus va Web of Science bazalarida maqola chop etish talablari, tahririy me’yorlar hamda nashr etikasi haqida o‘z tajribasini ulashdi.

Seminar davomida xorijiy ilmiy loyihalar va grant platformalarida ishlash imkoniyatlari, ariza topshirish tartibi va muvaffaqiyatli ishtirok etish strategiyalari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.


Xalqaro maqola va ilmiy loyihalar bo‘yicha seminar-trening Xalqaro maqola va ilmiy loyihalar bo‘yicha seminar-trening Xalqaro maqola va ilmiy loyihalar bo‘yicha seminar-trening Xalqaro maqola va ilmiy loyihalar bo‘yicha seminar-trening Xalqaro maqola va ilmiy loyihalar bo‘yicha seminar-trening Xalqaro maqola va ilmiy loyihalar bo‘yicha seminar-trening Xalqaro maqola va ilmiy loyihalar bo‘yicha seminar-trening