Qoʻgʻirchoq teatriga sayohat
28.04.2025 10:16:16 7
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-bosqich Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabalari Besh tashabbus doirasida Namangan shahrida joylashgan viloyat Qo’g’irchoq teatriga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan maqsad — talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, stress va charchoqdan xalos bo’lish, madaniy saviyani oshirish, badiiy didni rivojlantirishdan iborat.
Talabalar tashrif davomida teatrning tashkil topishi, aktyorlarning ish jarayoni, teatrning faoliyati, tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotga ega bo’lishdi.
Darsdan bo’sh vaqtlarida tomoshaga kelishlari, hunarmand talabalarni ish bilan band qilshlari mumkinligi aytildi. Ushbu tashrif barchaga birdek manzur bo’ldi.