Viloyatning iqtidorli va chempion qizlari bilan uchrashuv tashkil etildi
10.10.2025 10:27:08 10
11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika institutida viloyatda yuqori natijalarga erishgan, turli sport turlari bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritgan iste’dodli qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda sport sohasida yurtimiz nufuzini yuksaltirib kelayotgan qizlar, ularning murabbiylari hamda institut talaba-qizlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida sportchi qizlar o‘z muvaffaqiyat sirlari, mehnatsevarlik va intilish haqidagi hayotiy tajribalari bilan bo‘lishishdi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi, maqsad sari intilish va o‘z ustida ishlashning ahamiyati haqida samimiy suhbatlar olib borildi.
Tadbir ishtirokchilari qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ayollar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritishdi.
Uchrashuv iliq va ruhlantiruvchi muhitda o‘tdi, talaba qizlar uchun bu suhbat yangi motivatsiya va ishonch manbai bo‘ldi.