Eko-trening: Ekologik madaniyat — kelajakka mas'uliyat!
10.06.2025 15:57:36 18
Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi "Talabalar akademiyasi" koordinatori Madinaxon Toshmatova tomonidan Namangan shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida interaktiv eko-trening tashkil etildi.

Trening davomida:
Bugungi kundagi dolzarb ekologik muammolar haqida ma’lumotlar;
Interaktiv o‘yinlar va animatsion roliklar orqali o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilish;
Daxldorlik hissini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga Namangan davlat pedagogika institutida yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Maqsad: yosh avlodda ekologik madaniyatni mustahkamlash va ularni ongli fuqarolik pozitsiyasiga yo‘naltirish.
Tabiatni asrash — har birimizning burchimiz!