English English English

“Bu mening tyutorim” – psixologik trening

  21.06.2025 10:22:49    45


"Dolzarb 90 kunlik" loyiha doirasida Namangan davlat pedagogika instituti psixologi G.Axadjonova tomonidan "Bu mening tyutorim" mavzusida psixologik trening tashkil etildi.


“Bu mening tyutorim” – psixologik trening


Treningning asosiy maqsadi – talabalarning o‘z tyutorlari haqidagi shaxsiy fikr-mulohazalarini o‘rganish, tyutorlik kasbining asl mohiyatini teran anglashga ko‘maklashish.

Trening davomida talabalar:
Tyutorlik — bu sabr, mas’uliyat va insonparvarlik kasbi ekanligini ta’kidlashdi;

O‘z tyutorlariga iliq, samimiy fikrlar bildirgan holda, ularni chin qalbdan qadrlashlarini namoyon etishdi.

Tyutorlar esa bu jarayonda:
Talabalar bilan ishlash maroqli va ilhomlantiruvchi ekanligini;

Tyutorlik kasbi ulug‘ va faxrli kasb ekanini ta’kidlashdi.

Bunday treninglar talaba-tyutor o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlabgina qolmay, o‘zaro hurmat, ishonch va samimiyat muhitini yaratadi.


“Bu mening tyutorim” – psixologik trening “Bu mening tyutorim” – psixologik trening “Bu mening tyutorim” – psixologik trening “Bu mening tyutorim” – psixologik trening “Bu mening tyutorim” – psixologik trening “Bu mening tyutorim” – psixologik trening