“Qabul–2025” doirasida targʻibot aksiyalari davom etmoqda
26.06.2025 08:54:13 6
Chust tumani Mavlono Lutfulloh nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida “Qabul–2025” doirasida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida targʻibot-tashviqot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Mazkur aksiyalarda ishtirokchilar uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlariga oid muhim maʼlumotlar yetkazildi. Tashrif buyurgan fuqarolarga taʼlim yoʻnalishlari, qabul kvotalari, imtiyozlar, onlayn ariza topshirish tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, targʻibot ishlari doirasida institutning "Registrator ofisi" xodimlari tomonidan maxsus tayyorlangan tarqatma materiallar, flayerlar va bukletlar yoshlarga taqdim etildi.
Ushbu materiallar abituriyentlarga aniq va tushunarli maʼlumotlar berish, ularni ongli ravishda tanlov qilishlariga koʻmaklashish maqsadida ishlab chiqilgan.