9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi” mavzusida institut talaba-yoshlari oʻrtasida insholar tanlovi o‘tkazildi.
26.11.2025 11:21:22 7
Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning korrupsiyaviy holatlarga qarshi bilim va malakalarini oshirish, shuningdek, 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi” mavzusida institut talaba-yoshlari oʻrtasida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovni Korrupsiyaga qarshi “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A. Tojimatov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Nabijonov ishtirok etib, tanlovni ochib berdilar hamda tanlovning asosiy maqsad va vazifalari talaba-yoshlar o'rtasida ijtimoiy sog'lom muhit hamda korrupsion holatlarga nisbatan toqatsiz kayfiyatni, mazkur jarayonlarda jamoatchilik nazoratini shakllantirish va institut talabalari uchun korrupsiyaning mazmun-mohiyati va uning jamiyat barqarorligiga salbiy ta'siri haqida tushunchalar berilib, ishtirokchilarga musobaqada omad tilandi.
Tanlov natijalari 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” arafasida institutning rasmiy kanalida e’lon qilinadi.
1,2,3 -oʻrinlarni qoʻlga kiritgan talabalar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.