English English English

🇺🇿 Til — birligimiz timsoli

  21.10.2025 21:16:57    16


21-oktyabr — "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “Til — birligimiz timsoli” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


🇺🇿 Til — birligimiz timsoli


Tadbir Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi o‘qituvchisi M.I. Djakbarova, tyutor M. Boytillayev hamda “Kitobxon talabalar” to‘garagi a’zolari tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekani Zafarjon Abdullayev va Pedagogika fanlari doktori Muqaddasxon Yo‘qubjonova so‘zga chiqib, barchani ushbu muhim tarixiy sana bilan samimiy tabrikladilar.

Shuningdek, talabalar tomonidan sahnalashtirilgan ona tilimizning qadri va buyukligini tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda milliy iftixor, tilga ehtirom va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ruhi hukm surdi.


🇺🇿 Til — birligimiz timsoli 🇺🇿 Til — birligimiz timsoli 🇺🇿 Til — birligimiz timsoli 🇺🇿 Til — birligimiz timsoli 🇺🇿 Til — birligimiz timsoli 🇺🇿 Til — birligimiz timsoli