"Yoshlar oyligi" doirasida NamDPI talabasi taqdirlandi
05.06.2025 14:29:21 4
Davlatobod tumanida joylashgan "Afsonalar" tematik parkida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida katta gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan bayram kechasida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, yigʻilganlarni bayram bilan qutladi.

Festival davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda alohida faollik ko'rsatib kelayotgan bir guruh faol va iqtidorli yoshlar qatori Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabasi Begoyim Varisova viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Begoyim Varisovani ushbu muvaffaqiyati bilan institut jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!