REKTOR TALABALAR YASHASH SHAROITLARI BILAN TANISHDI
04.09.2025 21:05:38 3
Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov talabalar turar joyiga tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning o‘qish, yashash va dam olish sharoitlari, talabalarga xizmat qiluvchi oshxona, umumiy dam olish xonasi, ko'ngilochar-karaoke xonasi va boshqa yaratilgan qulayliklar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, talabalar uchun qulayliklarni yanada oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi.
NamDPI rahbariyati talabalarning sifatli ta’lim olishi, xavfsiz va qulay yashashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga doimiy e’tibor qaratadi.