English English English

"Ochiq eshiklar" kuni davom etmoqda

  30.04.2025 09:48:12    32


Namangan davlat pedagogika institutiga “Yangi O‘zbekiston pedagogi: imkoniyat, xalqaro tajriba” shiori ostida yoshlarni va maktab bitiruvchilarini pedagog kasbiga yo‘naltirishga qaratilgan ilmiy, ma’rifiy va madaniy loyiha – "Ochiq eshiklar" kuni doirasida Kosonsoy hamda To‘raqo‘rg‘on tumanlaridagi umumta’lim maktablarining 400 nafardan ortiq bitiruvchi o‘quvchilari institutga tashrif buyurdi.


"Ochiq eshiklar" kuni davom etmoqda


Tashrif davomida o‘quvchi-yoshlar institut faoliyati, talabalarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim sifati, ilmiy va innovatsion loyihalar, kutubxona, axborot-resurs markazi hamda laboratoriyalar bilan tanishdilar.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning kasb tanlovi borasidagi qarorlariga amaliy ko‘mak berishdan iboratdir.
Tadbir yakunida mehmonlarga institutga kirish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlariga oid ma’lumotlar hamda abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


"Ochiq eshiklar" kuni davom etmoqda "Ochiq eshiklar" kuni davom etmoqda "Ochiq eshiklar" kuni davom etmoqda "Ochiq eshiklar" kuni davom etmoqda "Ochiq eshiklar" kuni davom etmoqda