"Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan navbatdagi tadbir — “Kitobxon – yoz 2025” nomli kitoblar yarmarkasi
11.07.2025 11:02:53 26
Namangan davlat pedagogika institutida "Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan navbatdagi tadbir — “Kitobxon – yoz 2025” nomli kitoblar yarmarkasi institut talabalari uchun chinakam ilmiy-maʼnaviy bayram bo‘ldi.

Yarmarkada talabalar uchun turli badiiy va ilmiy adabiyotlar taqdim etildi. Nashriyotlar, kutubxonalar va kitob do‘konlari bilan hamkorlikda savdo yarmarkasi tashkil qilindi.
Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Yarmarka doirasidagi ochiq muloqotlar, kitob sovg‘alari talabalar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirdi.
“Dolzarb 90 kun” — bu faqat tadbir emas, bu yoshlarning ma'naviy yuksalishiga yetaklovchi harakatdir!