Sportchilarimizdan yana bir yutuq!
05.03.2026 10:30:13 16
Namanganda faoliyat olib borayotgan oliy ta'lim muassasalari terma jamoalari oʻrtasida “Gandbol" sport turi boʻyicha viloyat chempionati tashkil etildi. Chempionatda Namangan davlat pedagogika instituti talabalari munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Ushbu munosib yutuq — sportchi yoshlarimizning mashaqqatli mehnati, matonati hamda murabbiylarining fidokorona tayyorgarlik jarayonlari samarasidir.Mazkur yutuq institutimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy koʻrinishidir.
💐Sportchilarimizni va ularning murabbiylarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.Kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishlarida omad tilaymiz!