English English English

Namangan davlat pedagogika institutining professor-oʻqituvchilari ilmiy unvon va ilmiy darajalariga tasdiqlandi.

  17.03.2026 14:19:10    11


Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining 2026-yil 5-martdagi 382/1-sonli qaroriga asosan Namangan davlat pedagogika institutining quyidagi professor-oʻqituvchilari ilmiy unvon va ilmiy darajalariga tasdiqlandi.


Namangan davlat pedagogika institutining professor-oʻqituvchilari ilmiy unvon va ilmiy darajalariga tasdiqlandi.


Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga:

🎖 Yuldashev Javoxir Abdiraxim o‘g‘li - Ilmiy tadqiqot ishlari, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i;
🎖 Sulaymonova Saodat Ubxonovna - Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri;
🎖 Oribboeva Dilafuz Dadamirzayevna - Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti;
🎖 Tillayeva Rayxona To‘xtasinovna - Filologiya kafedrasi mudiri.

🗣 Dotsent  ilmiy unvoniga:

🎖 Abdullayev Zafarbek G‘aybullayevich - Pedagogika fakulteti dekani;
🎖 Qoriyev Mirzoxid Rustamxonovich - Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti;
🎖 Zaynobiddinova Naimaxon Inomiddinovna - Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi.

🗣 Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga:

🎖 Rafikova Renata Anatolevna - Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi;
🎖 Kamolova Azimaxon Odiljon qizi - Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi;
🎖 G'oipova Nodira Baxtiyor qizi - Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi;
🎖 Ibroximov Maqsadjon Axmedovich - Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi;
🎖 Ulkanboyeva Matluba Xusanboy qizi - Filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi;
🎖Qozoqova Sayyora Sobitjon qizi - Filologiya kafedrasi o‘qituvchisi;
🎖 Tillayev Bobomurod Abduvahobovich - Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi;
🎖 Jafarov Ibroxim Xolmuhammad o‘g‘li - Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.

💐 Institut jamoasi nomidan professor-oʻqituvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz!