English English English

NamDPI "Ziyo" jamoasi Xorazmga yoʻl oldi

  10.06.2025 14:11:06    10


Namangan davlat pedagogika institutida "Maʼrifat maydoni" koʻrik tanlovining final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan "Ziyo" jamoasini kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.


NamDPI "Ziyo" jamoasi Xorazmga yoʻl oldi


Marosimda institut rektori B.Xusanov ishtirokchilarga omad tilab, gʻoliblikni qoʻlga kiritishlariga, gʻalaba bilan institutga qaytishlariga ishonch bildirdi.

Eslatib oʻtamiz: “Maʼrifat maydoni” ko‘rik-tanlovining final bosqichi Xorazm viloyatida 12-13-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Final bosqichi ishtirokchilari bilan tanishing:
-Namangan davlat pedagogika instituti;
-O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;
-Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
-Samarqand davlat universitetining Urgut filiali;
-Termiz davlat pedagogika instituti;
-Qarshi xalqaro universiteti;
-Toshkent davlat yuridik universiteti;
-Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
-Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Mazkur tanlov “Bu aziz Vatan barchamizniki” shiori ostidagi festival doirasida o‘tkaziladi.

Namangan davlat pedagogika instituti "Ziyo" jamoasiga final bosqichi bellashuvida omad va zafarlar tilab, institutga yorugʻ yuz bilan qaytishlariga tilakdoshmiz!


NamDPI "Ziyo" jamoasi Xorazmga yoʻl oldi NamDPI "Ziyo" jamoasi Xorazmga yoʻl oldi NamDPI "Ziyo" jamoasi Xorazmga yoʻl oldi NamDPI "Ziyo" jamoasi Xorazmga yoʻl oldi NamDPI "Ziyo" jamoasi Xorazmga yoʻl oldi NamDPI "Ziyo" jamoasi Xorazmga yoʻl oldi NamDPI "Ziyo" jamoasi Xorazmga yoʻl oldi NamDPI "Ziyo" jamoasi Xorazmga yoʻl oldi