English English English

“Yaxshidan bog‘ qoladi”…

  12.11.2025 00:26:10    13


Namangan davlat pedagogika institutida bugun “Ma’rifat ulashib” loyihasining navbatdagi 4-davrasi doirasida adabiyot va ma’naviyat ahli bilan uchrashuv kuni boshlandi.


“Yaxshidan bog‘ qoladi”…


Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, xalqimizning badiiy savodxonlik darajasini oshirish, yurtimizdagi islohot va yangilanishlarning mazmun-mohiyatini yoshlar hamda aholi ongiga to‘laqonli ravishda yetkazish, o‘zlikni anglash hamda ajdodlarga munosib avlod bo‘lish kabi ezgu g‘oyalarni targ‘ib etish maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va mahallalar hamkorligida ziyolilar, ijod ahli bo‘lgan shoir yozuvchilar va adiblar ta’lim muassasasi, maktab va mahallalarga taklif etilib, o‘quvchi yoshlar, hududlar aholisi bilan adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Institutga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari — adib Qamchibek Kenja, yozuvchi Abdulla Ayizov hamda shoira Gulchexra Zokirova tashrif buyurdilar.

Uchrashuv oldidan institut hovlisida “Yashil makon” doirasida daraxt ekish marosimi o‘tkazildi.
Bu ezgu an’ana — yaxshilik, ezgulik va ma’rifat urug‘ini ekish timsoli sifatida talabalarga ibrat bo‘ldi.

“Yaxshidan bog‘, olimdan so‘z qoladi” degan dono hikmat mazmunida boshlangan bugungi kun ma’naviyat, adabiyot va ilhom bilan yo‘g‘rilgan tarzda davom etmoqda.


“Yaxshidan bog‘ qoladi”… “Yaxshidan bog‘ qoladi”… “Yaxshidan bog‘ qoladi”… “Yaxshidan bog‘ qoladi”… “Yaxshidan bog‘ qoladi”… “Yaxshidan bog‘ qoladi”… “Yaxshidan bog‘ qoladi”…