English English English

TARBIYA — OILADAN BOSHLANADI

  26.11.2025 11:13:49    3


Namangan davlat pedagogika institutida Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Go‘zal Xusayinova rahbarligida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi sirtqi bo‘lim 3-bosqich talabalari bilan “Tarbiya — oiladan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


TARBIYA — OILADAN BOSHLANADI


Tadbirda oilaning farzand tarbiyasidagi o‘rni, ota-ona namunasi, oilaviy muhit va milliy qadriyatlarning ahamiyati yoritildi. Tarbiya — komil insonni voyaga yetkazishning asosiy bo‘g‘ini ekani, insonning xarakteri va muomala madaniyati avvalo oilada shakllanishi ta’kidlandi.

“Siyosiy daqiqa”, “STEP BY STEP” va “Bir daqiqa — bir g‘oya” kabi interfaol metodlar tadbir mazmunini yanada boyitdi.

Talabalar mashg‘ulotdan foydali bilim va amaliy ko‘nikmalar oldilar


TARBIYA — OILADAN BOSHLANADI TARBIYA — OILADAN BOSHLANADI TARBIYA — OILADAN BOSHLANADI TARBIYA — OILADAN BOSHLANADI