English English English

Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanovning Yoshlar kuni munosabati BAYRAM TABRIGI

  30.06.2025 09:17:40    24


Aziz va kelajagimiz ertasi bo‘lgan yoshlar!

Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etaman!


Namangan davlat pedagogika instituti rektori  Bahodir Xusanovning  Yoshlar kuni munosabati  BAYRAM TABRIGI


Yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, imkoniyat va erkinliklar, ayniqsa, ta’lim-tarbiya, innovatsiya va ijod yo‘nalishidagi keng ko‘lamli islohotlar natijasida siz aziz yoshlar har sohada o‘z salohiyatingizni ro‘yobga chiqarib, Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqdasizlar.

Namangan davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan siz, aziz talabalar, nafaqat bilim va malakangiz bilan, balki g‘ayrat-shijoatingiz, tashabbuskorligingiz, Vatanga sadoqatingiz bilan yuksak ishonchimizni oqlayapsiz. Sizlarning har bir yutug‘ingiz – bu institutimiz, ota-onangiz va butun jamiyatimizning faxridir!

Yoshlar – ertangi kunimiz, taraqqiyotimizning kuchli tayanchi. Shunday ekan, siz aziz yoshlardan Vatanimiz istiqboli uchun yanada kuch-g‘ayrat, ilm va tafakkur bilan harakat qilishingizni, katta orzular sari dadil intilishingizni tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar! Hayotingiz mazmunli, sa’y-harakatingiz barakali, ezgu maqsadlaringiz doimo amalga oshsin!