Institutda o‘zbek ayolining jasorati aks etgan film namoyish etildi
18.07.2025 08:50:49 51
Namangan davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talaba-yoshlar uchun Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi asosida suratga olingan “Unsin” nomli qisqa metrajli badiiy film namoyish etildi.

Mazkur film taniqli rejissyor Shohrux Norqulov tomonidan suratga olingan bo‘lib, ssenariy muallifi — Javlon Jovliyev hisoblanadi.
Tadbir davomida filmning badiiy g‘oyasi va mazmuniga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilishicha, ushbu ekran asari o‘zbek xotin-qizlarining erk, iroda va jasoratini yuksak badiiy saviyada aks ettirgan.
Film yosh avlodni ijobiy fazilatlar ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish hamda badiiy didni shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.