Yozgi malakaviy amaliyot jarayonlari
21.06.2025 10:17:05 48
Iyun oyining birinchi yarmida Namangan davlat pedagogika institutining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1-2-bosqich bakalavriat talabalari uchun yozgi malakaviy amaliyot jarayonlari o‘tkazildi.

Xususan, Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari Namangan viloyati Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur bog‘ida va Badiiy ijodkorlar uyushmaida amaliyot o‘tab, tabiatdan jonli tarzda tasvirlash, borliqni bevosita kuzatish, tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
Mazkur malakaviy amaliyot talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, amaliy faoliyatga tayyorlash hamda sohaga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirishda muhim bosqich bo‘ldi.