MAKTABGACHA TA'LIM SOHASIDAGI MUAMMOLAR: ILMIY TAHLIL VA ILMIY YECHIM
06.05.2025 09:54:19 48
Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha taʼlim kafedrasi hamda "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorligida "Maktabgacha ta’limda kompetensiyaviy yondashuv masalalari: muammo va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda institut rektori B.Xusanov boshchiligida soha prorektori, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilari shuningdek, Maktabgacha talim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Andijon davlat pedagogika instituti vakillari oʻzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ushbu anjumanda ta'lim sohasida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish, muammolarni tahlil qilish va samarali yechimlar taklif etish orqali maktabgacha ta'lim tizimi uchun bir qancha muammolarni hal qilish boʻyicha muhokamalar ochiqlandi.