“Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
18.06.2025 11:11:28 36
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Chust tumani 1-sonli politexnikumida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika koʻrik-tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marosimda hokimlik vakillari, viloyat va oliy taʼlim hamda maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmalari rahbarlari, institut rektorlari, shuningdek, o‘qituvchilar, yosh ishtirokchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tanlov doirasida iqtidorli yoshlar o‘zlarining fan, texnologiya, innovatsiya va ilmga bo‘lgan qiziqishlarini amaliy ishlar orqali namoyon etishdi. G‘oliblar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Eng quvonarlisi, ushbu tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari orasida Namangan davlat pedagogika institutining ilgʻor, innovator talaba yoshlari ham munosib taqdirlandi.
Tadbir yoshlar o‘rtasida ilmiy izlanishlarga qiziqishni oshirish, Vatanimiz kelajagi uchun intellektual salohiyatli kadrlar zaminini yaratishga xizmat qiladi.