English English English

"Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida “BIR TA'TIL — MING ILHOM” videoroliklar tanlovi

  10.07.2025 11:00:37    28


NamDPI talabalari diqqatiga!

Yozgi taʼtilingiz mazmunli, qiziqarli va ijodiy o‘tyaptimi? Unda buni biz bilan baham koʻring!

Institut axborot xizmati tomonidan "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida “BIR TA'TIL — MING ILHOM” videoroliklar tanloviga start berildi.


"Dolzarb 90 kunlik" loyihasi  doirasida “BIR TA'TIL  — MING ILHOM” videoroliklar tanlovi


Tanlov sharti quyidagicha:
Taʼtil davomida oʻrganayotgan yangi mashgʻulotlaringiz, doʻstlaringiz bilan sayohatlar, uchrashuvlar, qiziqarli voqealar, oilaviy dam olish yoki shaxsiy muvaffaqiyatlaringiz, xullas, mazmunli ta'tilingiz haqida 1-2 daqiqali qisqa, sifatli videokontent tayyorlang va @journalist_0661 profiliga yuboring.
Eng yaxshi 3 ta videorolik tanlab olinib, maxsus komissiya a'zolari tomonidan baholanadi. Gʻolib boʻlgan talabalar yangi oʻquv yili boshida institut rahbariyatining qimmatbaho sovgʻalari hamda diplomi bilan taqdirlanadi.

Videoroliklarni qabul qilish 10-avgustga qadar davom etadi(10-avgust kuni ham).

Ha, aytgancha, eng qiziqarli videoroliklar telegram kanalimizda eʼlon qilinadi.

Uyda bekor oʻtirmay siz ham ushbu tanlovda ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!